Ikki oy ichida O'zbekistonga olib kelingan elektromobillar soni e'lon qilindi

O'zbekiston

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati $85,7 millionga 3 502 ta elektromobil import qilgan.

Ikki oy ichida O'zbekistonga olib kelingan elektromobillar soni e'lon qilindi
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 663 taga yoki 4 barobarga oshgan.

O‘zbekiston 2 oyda 7 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan.

2 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:

Xitoy – 3 479 ta

BAA – 8 ta

Gonkong – 5 ta

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing