Ilon Mask qonunbuzarligi uchun sud oldida javob beradi
Dunyo
AQSH Qimmatli Qog'ozlar va Birjalar Komissiyasi (S.E.C.), Ilon Maskni Twitter bilan bog‘liq qimmatli qog‘ozlar qonunbuzarligi uchun sudga berdi. S.E.C. ning da'vo arizasida qayd etilishicha, Ilon Mask Twitter aksiyalarini sotib olayotganida o‘z ulushini vaqtida oshkor qilmagan.
Bu unga aksiyalarni sun'iy ravishda past narxda sotib olish imkonini bergan, natijada Mask qo‘shimcha aksiyalarni "kamida 150 million dollarga" arzonroq narxda qo‘lga kiritgan. Mask o‘z ulushini oshkor qilish majburiyatini 11 kun kechiktirgani aytilmoqda.
Mask so‘nggi haftalarda X platformasida S.E.C. ni ochiqchasiga tanqid qilib, sudga murojaat qilish ehtimoli haqida kinoya bilan postlar qoldirgan. Maskning advokati Aleks Spiro, S.E.C.ning so‘nggi da'vosini tanqid qilib, "S.E.C.ning bu harakati haqiqiy ish qo‘zg‘ata olmasliklarini tan olishdir, chunki Mask hech qanday noto‘g‘ri ish qilmagan," deya ta'kidlagan.
S.E.C. Maskning ustidan uchinchi bor sudga murojaat qilmoqda. Birinchi da'vo Maskning Tesla aksiyalari bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlardagi postlari sababli yuzaga kelgan edi.
Shuningdek, S.E.C. Maskning guvohlik berishini ta'minlash uchun uni chaqirtirishga uringan, ammo bu urinish ham ko‘plab qarama-qarshiliklarga duch kelgan.
S.E.C.ning ushbu ishi Maskning Twitter'ni sotib olish jarayonida bozorni o‘z vaqtida xabardor qilmaslik orqali qonun buzganini ko‘rsatadi. Maskning Twitter aksiyalarini sotib olish jarayoni hamda kompaniya nomini X'ga o‘zgartirishi federal hukumat tomonidan bir necha bor tekshiruvlarga uchragan.

Powered by Froala Editor