Ilon Mask SpaceX va Tesla aksiyalari o‘sishi ortidan yana dunyodagi yagona trillionerga aylandi
Biznes
SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Maskning boyligi yana $1 trilliondan oshdi. Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, 6-oktabr holatiga ko‘ra uning boyligi $1,04 trillionni, Forbes hisob-kitobiga ko‘ra esa $1 trillionni tashkil etdi.
Bir kun ichida Maskning boyligi qariyb $65 milliardga oshdi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi bir sutkada 6,7 foizga, o‘tgan yilga nisbatan esa 32,4 foizga ko‘paygan.
Asosiy sabab biznesmenga tegishli aktivlar qiymatining oshishi bo‘ldi. 6-oktabr kuni SpaceX aksiyalari $171 gacha ko‘tarilib, bir kunda 7 foizdan, oy boshidan beri esa qariyb 15 foizga qimmatlashdi. Tesla aksiyalari 5 foizdan ko‘proqqa o‘sib, $378 ga yetdi.
Investorlarning SpaceX’ga qiziqishi 28-sentabr kuni Starship kosmik kemasining orbitaga ilk muvaffaqiyatli parvozidan so‘ng oshdi. Parvoz davomida kompaniya 26 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini kosmosga chiqardi.
Forbes ham 5-oktabr holatiga ko‘ra Maskning boyligini $1 trillion deb baholadi. Bu avvalgi savdo kunidagi ko‘rsatkichdan $65,3 milliardga ko‘p.
Mask ilk bor 12-iyun kuni SpaceX aksiyalarining birjaga chiqarilishidan so‘ng $1 trillionlik boylikka erishgan. O‘sha paytda investorlarning yuqori talabi fonida kompaniya aksiyalari bir necha kun ketma-ket qimmatlashgan, uning bozor kapitallashuvi esa eng yuqori nuqtada $2 trilliondan oshgan.
Biroq keyingi bir hafta ichida SpaceX aksiyalari 30 foizga arzonlashdi. Bunga sabablarning biri sun’iy intellekt sohasidagi kompaniyalar bahosining haddan tashqari yuqori ekani haqidagi xavotirlar bo‘ldi. Tesla aksiyalariga ham texnologik sektoridagi sotuvlar bosimi ta’sir ko‘rsatdi va bu Mask boyligining kamayishiga olib keldi.
SpaceX va Tesla aksiyalarining yangi o‘sishi fonida tadbirkor yana $1 trillion chegarasidan oshib, dunyodagi yagona trillioner maqomini qayta qo‘lga kiritdi.

Powered by Froala Editor