Ilon Mask yana AQSHning eng boy odami bo‘ldi

Dunyo

“SpaceX” va “Tesla” kompaniyalari egasining boyligi 251 milliard dollarga baholanmoqda.

Ilon Mask yana AQSHning eng boy odami bo‘ldi
Ilon Mask har yili “Forbes” jurnali tomonidan tuziladigan AQSHning 400 ta eng boy fuqarolari orasida yana birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinni Amerikaning “Amazon” korporatsiyasi asoschisi Jeff Bezos (161 milliard dollar) egallagan.

“Forbes” undan keyingi o‘ringa “Oracle” axborot texnologiyalari korporatsiyasi asoschisi va sobiq bosh direktori Larri Ellisonni kiritdi. Ellisonning boyligi 158 milliard dollarga baholanmoqda.

Microsoft asoschisi Bill Geyts 111 milliard dollar bilan oltinchi o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Ilon Mask “Bloomberg” indeksi bo‘yicha dunyoning eng boy 500 kishisi reytingida yetakchilik qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing