Si Szinpin yadro muammosini chetlab o‘tib, Kim Chen Inga ittifoqning yangi darajasini va’da qildi
Siyosat
Shimoliy Koreya Moskva bilan borgan sari yaqinlashib, Vladimir Putin bilan harbiy ittifoqini mustahkamlayotgan bir vaziyatda, Pekin o‘z qo‘shnisi ustidan monopol ta’sirini qayta tiklashga intilmoqda. Qizil yo‘lakcha to‘shalgan dabdabali qabul va Xitoy yetakchisining Shimoliy Koreya yadro dasturi bo‘yicha namoyishkorona sukunati har ikki tomon uchun yaqqol muvaffaqiyat bo‘ldi. Bu nafaqat Kim Chen Inga siyosiy dividendlar keltirdi, balki sentyabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan o‘tadigan muhim muzokaralar arafasida Si Szinpinning mavqyeyini sezilarli darajada mustahkamladi.
Dushanba kuni XXR raisi Si Szinpin rasmiy tashrif bilan KXDRga keldi. Pxenyan xalqaro aeroportida uni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kutib oldi. Poytaxtning rahbarlar ulkan portretlari bilan bezatilgan bosh maydonida minglab fuqarolar ishtirokida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kechki payt Xitoy delegatsiyasi sharafiga banket tashkil etildi. Kim Chen In Si Szinpinni “ajoyib davlat mehmoni” deb atadi va Xitoy yetakchisining joriy yildagi ilk xorijiy safari uchun KXDRni tanlagani Pxenyan uchun eng katta dalda va qo‘llab-quvvatlash ekanini ta’kidladi.
Pekin va Pxenyanning rasmiy bayonotlari tomonlarning an’anaviy ittifoqni “yangi daraja”ga olib chiqishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatdi. Si Szinpin XXR strategik hamkorlikni kengaytirishga hamda savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish va texnologiyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. Kim Chen In, o‘z navbatida, Xitoy bilan do‘stlik “birinchi darajali muhim strategik ish” bo‘lib qolishini tasdiqladi.
E’tiborli jihati, sammit davomida tomonlar KXDR yadro dasturi mavzusini butunlay chetlab o‘tishdi. Bu Si Szinpinning 2019-yildagi tashrifiga zid keladi, o‘shanda Pekin Koreya yarim orolini denuklearizatsiya qilish tarafdori ekanini aytgan edi. Hozirgi sukunat BMT sanksiyalarini bekor qilish uchun mamlakatning yadroviy maqomini tan olinishiga intilayotgan Kimga qo‘l keladi. Bundan biroz avval Kimning nufuzli opasi KXDR yadro dasturini “kesib o‘tib bo‘lmaydigan chiziq” deb atagan edi. Shu bilan birga, Sining ushbu tashrifi Donald Tramp bilan o‘tkazgan muzokaralaridan bir necha hafta o‘tib amalga oshirildi, o‘shanda AQSh va Xitoy rahbarlari mintaqani denuklearizatsiya qilish bo‘yicha umumiy maqsadni tasdiqlashgan edi. Pxenyan ustidan ta’sirning kuchayishi Pekinning sentyabr oyida AQShda Si va Tramp o‘rtasida kutilayotgan yangi uchrashuv oldidan pozitsiyasini mustahkamlaydi.

Powered by Froala Editor