Imron Xon parlament saylovlarida ishtirok etadi
Siyosat
U Pokistonning uchta saylov okrugi – Islomobod, Lahor va Mianvalida o‘z nomzodini qo‘yish niyatida
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon 8-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan respublika parlament saylovlariga oʻz nomzodini qoʻyadi. Bu haqda “Adolat uchun harakat” partiyasi raisi Gohar Xon ma’lum qildi.
Gohar Xonning taʼkidlashicha, qamoqqa olingan sobiq bosh vazir Pokistondagi uchta saylov okrugi – Islomobod, Lahor va Mianvalida oʻz nomzodini qoʻyadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Imron Xon saylovda ishtirok etish uchun uzoq davom etadigan huquqiy kurashda ishtirok etishi kerak. Sobiq bosh vazir texnik jihatdan parlamentga kirish huquqiga ega, ammo unga qarshi ko'plab ishlar ochilgan.
Imron Xon 5-avgust kuni sud uni korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olishga order berganidan keyin politsiya tomonidan hibsga olingan edi.
29-avgust kuni Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xonga nisbatan 3 yillik qamoq jazosini to‘xtatib, uni garov puli evaziga ozod qildi. Biroq, 30-avgust kuni Xon "davlat sirlarini oshkor qilish"da ayblanib, yana hibsga olingan.

Powered by Froala Editor