Ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning yangi imkoniyatlari

O'zbekiston

Joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKKda “INNOPROM. Markaziy Osiyo" Xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ochilish marosimi va asosiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning yangi imkoniyatlari
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, Qozog‘iston va Tojikiston delegatsiyalari vakillari, hududiy ma’muriyatlar, ko‘rgazmada ishtirok etuvchi mamlakatlarning yirik kompaniyalar va moliya institutlari rahbarlari qatnashdi.

Tadbirni ochar ekan, delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tadbir ishtirokchilariga Murojaatnomalarini o‘qib eshittirdilar.

Davlatimiz rahbarining murojaatida ko‘rgazma mamlakatlar o‘rtasida chuqur iqtisodiy aloqalar o‘rnatish uchun yaxshi platforma ekani ta’kidlandi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining murojaatini Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov o‘qib eshittirdi. Unda Markaziy Osiyoning boy tabiiy resurslari, ulkan inson salohiyati, shuningdek, mintaqaviy jarayonlar va iqtisodiy hamkorlikning yuqori dinamikasi qayd etildi.

Yalpi majlis davomida savol-javob sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekistonning jadal iqtisodiy oʻsishini, jumladan, inson kapitalini yaxshilash, texnologik yangilanish va raqamlashtirishni ta’minlash maqsadida kadrlar tayyorlash dasturlarini qayta yoʻnaltirish va yangilash, bilim talab qiladigan iqtisodiyotni rivojlantirish hamda mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish boʻyicha koʻrilayotgan ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida fikr bildirdilar.

Marosimdan so‘ng delegatsiyalar rahbarlari ko‘rgazmani aylanib chiqishdi. Stendlar bilan tanishish davomida qator ishtirokchi-davlatlarning yirik korxonalari vakillari o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Powered by Froala Editor

Ishlatilgan teglar:
  • #O‘zekspomarkaz
  • #INNOPROM. Markaziy Osiyo
  • #Jamshid Xodjayev
Do'stlar bilan ulashing