AQSh prezidentining maxsus vakili O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
O'zbekiston
Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo bilan aloqalarni faollashtirmoqda: AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor fevral oyi boshida Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor 3–7 fevral kunlari Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bishkek shahrida Serjio Gor «B5+1» biznes-forumida ishtirok etib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQShning yetakchi ishbilarmon doiralari hamda rasmiy vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shuningdek, Bishkek va Toshkentda u yuqori martabali davlat amaldorlari bilan muzokaralar olib borib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va yangi iqtisodiy sheriklik imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Davlat departamentida ta’kidlanishicha, AQSh Qirg‘iz Respublikasi va O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, mintaqaning barqarorligi va farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsion hamkorliklarni rivojlantirishga sodiq.
Serjio Gor oxirgi marta 2025 yil oktyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. O‘shanda u mamlakat prezidenti, prezident administratsiyasi rahbari va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar bilan uchrashgan.

Powered by Froala Editor