Iordaniya Qirolini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O'zbekiston

Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn ni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Iordaniya Qirolini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
2025 yil 26 avgust kuni Samarqand shahrida Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar boshlandi.

Kongress-markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy mehmonni samimiy kutib olib, uni minbarga taklif qildi.

Harbiy orkestr O‘zbekiston va Iordaniya davlat madhiyalarini ijro etdi. Shundan so‘ng, ikki davlat rahbarlari faxriy qorovul safini ko‘zdan kechirib, rasmiy delegatsiya a’zolarini tabrikladilar.

Tashrif davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing