Ish beruvchilarga ish tartibini o‘zgartirish tavsiya etildi

O'zbekiston

Anomal issiq fonida O‘zbekiston Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarni xodimlarni jazirama ta’siridan himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirdi. Tavsiyalarning asosiy maqsadi issiq urishi, suvsizlanish va salomatlik uchun boshqa xavfli oqibatlarning oldini olishdan iborat.

Ish beruvchilarga ish tartibini o‘zgartirish tavsiya etildi
Idora ma’lumotiga ko‘ra, ochiq havoda ishlayotgan xodimlar eng katta xavf ostida. Yuqori harorat issiq urishi, hushdan ketish, suvsizlanish va yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Shu munosabat bilan ish beruvchilarga soat 11:00 dan 16:00 gacha ochiq havodagi ishlarni qisqartirish yoki vaqtincha to‘xtatish, shuningdek, og‘ir jismoniy mehnatni cheklash tavsiya etildi.

Bundan tashqari, xodimlarni yetarli miqdorda ichimlik suvi bilan ta’minlash, soyada dam olish joylarini tashkil etish hamda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlarni ishga qo‘ymaslik tavsiya qilindi. Ushbu choralar jazirama davrida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing