Islom sivilizatsiyasi markazi dunyoning eng go‘zal muzeylari ro‘yxatiga kirdi
O'zbekiston
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles mukofotining 2026 yilgi dunyoning eng go‘zal muzeylari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Parijdan rasmiy xat kelib tushdi.
Markaz innovatsionlik, milliy merosni aks ettirish va ekologik samaradorlik mezonlari asosida saralangan. U 2026 yilgi Grand Prix Versailles hamda “Interyer” va “Eksteryer” nominatsiyalariga da’vogarlik qilish huquqini ham qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimi UNESCO qarorgohida o‘tkaziladi.
Markaz direktori loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilganini ta’kidladi.
Markaz ochilishi 2026 yil mart oyiga rejalashtirilgan.
Markaz direktori loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilganini ta’kidladi.
Markaz ochilishi 2026 yil mart oyiga rejalashtirilgan.
Powered by Froala Editor