Islom Taraqqiyot Banki O‘zbekistonga 40 mln dollarlik grant ajratdi

O'zbekiston

O'zbekiston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi vakillari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etdi. Bu haqida vazir Hilola Umarova rasmiy telegram sahifasida ma'lum qildi.

Islom Taraqqiyot Banki O‘zbekistonga 40 mln dollarlik grant ajratdi
Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi. Eʼtiborlisi shundaki, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat.

Forumning ilk kunidayoq, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.

Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar ITB kelajak avlod uchun yaxshiroq taʼlim imkoniyatlari yaratishda Oʻzbekiston hukumatining ishonchli hamkori boʻlishdan mamnunligini qayd etdi.

Uchrashuv natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga grant shartnomasi imzolandi.

Loyihaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagicha:

O'zbekiston hududida 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;

maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;

oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar;

inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;

oʻquv dasturlarini takomillashtirish;

maktabgacha taʼlim sifatini oshirish.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing