Ispaniyada qirol va qirolichaga loy uloqtirildi

Dunyo

“Bild” nashrining bergan ma’lumotiga ko’ra, Ispaniyaning suv toshqinidan zarar ko‘rgan Valensiya shahriga tashrif buyurgan qirol va qirolichaga mahalliy aholi loy, tosh uloqtirgan.

Ispaniyada  qirol va qirolichaga loy uloqtirildi
Ispaniyada tabiiy ofat qurbonlari soni 272 kishiga yetgan. Ispaniya qiroli Felipe VI va uning rafiqasi Letisiya vaziyatni shaxsan baholash uchun Valensiyadagi suv toshqini hududiga tashrif buyurgan. Qirol va qirolichaga bosh vazir Pedro Sanches va hududiy prezident Karlos Mason hamrohlik qilgan. Biroq qirollik juftligi olqish bilan emas, balki loy, tosh, shisha va tayoqlar bilan kutib olingan.

Jabrlangan aholi ularni yetarli yordam ko‘rsatmaganlikda ayblab, haqorat qila boshlagan. Olomon orasida “Qotillar!” va “Yo‘qoling!” degan hayqiriqlar eshitilgan.Qo‘riqchilar tashrifni to‘xtatib, qirolni xavfsiz joyga olib chiqishga uringan, biroq bu muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Olomon qirol juftligining ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Politsiya vaziyatni nazorat ostiga olish uchun otliq zobitlardan foydalangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing