Isroil G'azoning butun aholisiga shaharni tark etishni buyurdi

Dunyo

Isroil harbiylari G'azo shahrining butun aholisiga shimolda operatsiyalar avj olayotgani tufayli janubga, G'azo sektorining Markaziy qismiga ketishni buyurdilar, deb xabar bermoqda BBC News.

Isroil G'azoning butun aholisiga shaharni tark etishni buyurdi
Samolyotlardan tashlangan varaqalarda "G'azo shahrining butun aholisiga" Deyr Al-Balax va Al-Zavayddagi boshpanalarga olib boradigan ikkita yo'l sifatida belgilangan xavfsiz marshrutlar orqali "xavfli urush zonasini" tark etish haqida aytilgan.

HAMASning ta'kidlashicha, Isroilning shahardagi faolligi chorshanba kuni Qatarda qayta boshlangan sulh va garovga olinganlarni ozod qilish bo'yicha muzokaralarni chippakka chiqarishi hech gap emas. Muzokaralarda Misr, AQSh va Isroil razvedka xizmatlari rahbarlari hamda Qatar bosh vaziri ishtirok etmoqda.

Hisob-kitoblarga ko'ra, G'azo shahrida haligacha chorak milliondan ortiq aholi istiqomat qilib kelmoqda va ularning ba'zilari janubga evakuatsiya qilingan. Biroq, boshqalar ketishni xohlamayapti.

“Agar o‘lim mening va farzandlarimning peshonasiga yozilgan bo‘lsa, biz o‘z uylarimizda g’ururimizni yo’qotmay o‘lamiz”, - dedi 47 yoshli Ibrohim al-Barbariy BBCga.

2023-yil, 7-oktyabr kuni Isroil janubiga uyushtirilgan misli ko‘rilmagan hujumga javoban Isroil harbiylari G‘azoda HAMAS guruhini yo‘q qilish kampaniyasini boshladi. HAMAS’ hujumida 1200 ga yaqin isroillik halok bo‘ldi, yana 251 kishi garovga olindi.

Hududning HAMAS tomonidan boshqariladigan Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, o'shandan beri G'azoda 38 295 dan ortiq falastinlik o'ldirilgan. Bu raqamlar tinch aholi va jangchilar o’rtasidagi o’lim sonini ko’rsatmaydi, biroq aprel oyi oxirigacha halok bo‘lganlar orasida 14,680 nafar bolalar, ayollar va qariyalar borligini aniqlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing