Isroil hujumi qurbonlari soni bir kechada 17 taga yetdi

Dunyo

Isroil armiyasining Nusayrat qochqinlar lagerini o'qqa tutishi oqibatida 13 kishi halok bo'ldi.

Isroil hujumi qurbonlari soni bir kechada 17 taga yetdi
Isroil armiyasining G‘azo sektorining markaziy va janubiy qismida bir kechada uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi, o‘nlab odamlar jarohat oldi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.

Isroil G'azo sektoriga hujumlarini 256-kun davom ettirib, katta gumanitar falokatga sababchi bo’lmoqda.

WAFA agentligi maʼlumotlariga koʻra, Isroil armiyasi Nusayrat va Al-Burayj qochqinlar lagerlarini, shuningdek, Gʻazo shahri, Dayr al-Baloh va Rafahni nishonga olgan.

Isroil armiyasi Nusayrat qochqinlar lagerini o'qqa tutishi oqibatida 13 kishi halok bo'ldi. Al-Burayj qochqinlar lagerining o‘qqa tutilishida ham qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Bundan tashqari, Isroil armiyasi blokadadagi Falastin anklavining janubidagi Rafah shahrining ko‘plab qismlarini o‘qqa tutdi.

Nusayrat qochqinlar lageri shimolidagi qishloq xo‘jaligi yerlari hamda G‘azo shahri janubidagi Tel al-Hava va az-Zaytun mahallalarini ham o‘qqa tutildi.

7-oktyabrdan beri Isroil hujumlari qurbonlarining umumiy soni 37 mingdan oshdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing