Isroil Livan janubiga zarbalarni qayta boshladi — «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish muhokamasi fonida
Dunyo
Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi bir qator hududlarga, jumladan Sidon shahriga zarba berdi. Bu hujumlar Bayrutda «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish masalasi muhokama qilinishi arafasida sodir bo‘ldi.
Dushanba kechasi va seshanba tongida Isroil aviatsiyasi Livan janubidagi bir necha hududlarga havo hujumlari uyushtirdi. Eng kuchli zarbalardan biri Sidon shahridagi savdo hududida joylashgan uch qavatli binoni butunlay vayron qildi.
Mahalliy aholi ma’lumotiga ko‘ra, bino ishlab chiqarish ustaxonalari sifatida foydalanilgan va unda doimiy yashovchilar bo‘lmagan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, biroq kamida bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Isroil Mudofaa Kuchlari hujumlarni tasdiqlab, nishonga «Hizbulloh» va HAMAS bilan bog‘liq qurol omborlari, yerosti va yerusti harbiy obyektlar olinganini bildirdi. Harbiylar hujumlardan oldin tinch aholi uchun xavfni kamaytirish choralarini ko‘rganini ta’kidladi.
Shu fonda Livan hukumati payshanba kuni «Hizbulloh»ni qurolsizlantirish masalasini muhokama qilmoqchi. Yig‘ilishda armiya qo‘mondoni general Rudolf Haykal ishtirok etishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor