Isroil orbitaga yangi sun’iy yo‘ldoshni olib chiqdi — OAV

Texnologiya

Yaqin kunlarda sun’iy yo‘ldosh Yerga ob-havo ma’lumotlarini kecha-yu kunduz jo‘natishni boshlaydi.

Isroil orbitaga yangi sun’iy yo‘ldoshni olib chiqdi — OAV
Isroilning “Israel Aerospace Industries” kompaniyasi yangi DS-SAR sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi “The Jerusalem Post”.

Uchirish yakshanba kuni Isroil vaqti bilan soat 04:00 da Hindiston raketasi yordamida amalga oshirilgan. Sun'iy yo'ldosh orbitaga kirgan. Hozir uning tizimlari to'g'ri ishlashiga ishonch hosil qilish uchun zarur tekshiruvlar o'tkazilmoqda.

Yaqin kelajakda sun’iy yo‘ldosh ob-havo ma’lumotlarini Yerga kecha-yu kunduz jo‘nata boshlaydi.

Sun'iy yo'ldosh taqdim etgan ma'lumotlardan bir nechta Singapur kompaniyalari ham foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing