Isroil Suriyaning ikki aeroportiga zarba berdi
Dunyo
Suriya davlat matbuotiga ko‘ra, Isroil bir vaqtning o‘zida Suriyaning ikkita eng muhim aeroportiga hujum qilgan. Damashq va Halab havo bandargohlari uchish-qo‘nish yo‘laklariga jiddiy shikast yetgani sabab ishlamayapti.
Suriyaning ikki asosiy – Damashq va Halabdagi aeroporti Isroilning raketa hujumlari oqibatida ishdan chiqdi, deb xabar berdi Suriyaning Sana davlat axborot agentligi 22-oktabr kuni ertalab xavfsizlik manbalariga tayanib. Unga ko‘ra, aeroportning bir fuqarosi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.
“Uchish-qo‘nish yo‘laklariga jiddiy zarar yetkazilishi har ikki xalqaro aeroportda ham parvozlarning to‘xtatilishiga olib keldi”, deyiladi xabarda.
“Sana” xavfsizlik manbalariga ko'ra, zarbalar bir vaqtning o'zida mamlakat g'arbidagi O'rta yer dengizi qirg'oqlaridan va Golan tepaliklaridan amalga oshirilgan. Suriya transport vazirligi reyslar Latakiya aeroportiga yo‘naltirilganini ma’lum qildi.
7-oktyabr kuni Xamasning Isroilga qarshi hujumidan keyin Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya poytaxti va shimoliy Halab shahri aeroportlariga bir vaqtning o‘zida ikkinchi marta hujum qildi. Damashqqa ko‘ra, birinchi zarbalar 12-oktyabr kuni amalga oshirilgan.

Powered by Froala Editor