Isroil Tramp rejasi bo‘yicha Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Dunyo
Isroil hukumati AQSH prezidenti Donald Trampning Eron bilan o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilganini rasman e’lon qildi.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning mudofaa vaziri Israel Kats, Bosh shtab boshlig‘i Eyal Zamir va "Mossad" razvedkasi direktori David Barnea bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda ta’kidlanishicha, "Isroil Eronga hujumlar chog‘ida barcha maqsadlariga erishdi."
Bosh vazir devonxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tel-Aviv "ikki tomonlama tahdidni - Eronning yadroviy va raketa dasturlarini bartaraf etdi." Shu munosabat bilan Isroil AQSH taklif qilgan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni qabul qildi. Shu bilan birga, Isroil hukumati sulh rejimining har qanday buzilishi "qattiq javob"ga duch kelishidan ogohlantirdi.
Eronning ba’zi OAVlari ham sulh boshlangani haqida xabar bergan, biroq Tehron tomondan hozircha rasmiy tasdiq kelmagan.
24 iyun kuni ertalab AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirganini e’lon qildi va har ikki tomonni uning shartlariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
Avvalroq Isroil bosh vaziri vazirlar mahkamasi a’zolariga hozirgi vaziyat bo‘yicha ommaga izoh berishdan tiyilishni buyurgandi. Ushbu buyruq hukumat yig‘ilishidan so‘ng berildi, deb xabar bermoqda Isroil OAV.

Powered by Froala Editor