Mirziyoyev Trampga Vashington uchun ikkita an’anaviy o‘zbek ayvonini sovg‘a qildi

Dunyo

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga ikkita an’anaviy o‘zbek ayvonini sovg‘a qildi. Konstruksiyalar allaqachon Vashingtonga yetkazilgan va Amerika Qahramonlari milliy bog‘i tashkil etilishi rejalashtirilayotgan G‘arbiy Potomak bog‘ida o‘rnatilmoqda. Sovg‘a topshirilganini O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov ham tasdiqladi.

Mirziyoyev Trampga Vashington uchun ikkita an’anaviy o‘zbek ayvonini sovg‘a qildi
AQSh Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Donald Tramp sovg‘ani Amerika xalqi nomidan qabul qilgan. Ayvonlar o‘zbek milliy uslubidagi yog‘och o‘ymakorligi elementlari bilan bezatilgan. E’lon qilingan suratlarda ayvonlardan birining ichki qismiga qandil o‘rnatilishi ham ko‘rsatilgan.

Furqat Siddiqovning ta’kidlashicha, ikki ayvon O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stlik hamda strategik sheriklik ramzi bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, parkka tashrif buyuruvchilar ularni kuz fasrida ko‘rishlari mumkin.

Amerika Qahramonlari milliy bog‘i loyihasi hozircha dastlabki rejalashtirish bosqichida. Loyihaning ayrim elementlari tegishli tasdiqlash jarayonlaridan o‘tishi kerak.

Sovg‘a O‘zbekiston–AQSh munosabatlari faollashayotgan davrga to‘g‘ri kelmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik fuqarolik aviatsiyasi, tog‘-kon sanoati, energetika, infratuzilma, metallurgiya va raqamli texnologiyalar kabi yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing