Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Dunyo
“Hizbulloh” Litani daryosining narigi tomoniga chekinishi kerak, Isroil esa 60 kun ichida janubiy Livandan harbiylarini olib chiqishiga kelishib olindi.
26 noyabr kuni Benyamin Netanyaxu va Jo Bayden Isroil va Livan oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilganini eʼlon qildi. U mahalliy vaqt bilan soat 4:00 da kuchga kirdi. Ungacha tomonlar o‘zaro hujumlarni amalga oshirgan.
AQSH prezidenti Jo Bayden o‘t ochishni to‘xtatishga Vashington tashabbusi bilan erishilganini aytdi. “Hizbulloh” 60 kun ichida Livandagi harbiylarini olib chiqib ketishi kerak. Binyamin Netanyaxuga ko‘ra, sulhning davomiyligi “Hizbulloh” harakatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Livan aholisi harbiylarining ogohlantirishlariga qaramay, allaqachon mamlakat janubiga qaytishni boshlagan. Ular qochqinlardan hozircha Isroil armiyasi mavjud bo'lgan chegara yaqinidagi aholi punktlaridan qochishlarini so’rashmoqda.

Powered by Froala Editor