Isroil xalqaro miqyosda taqiqlangan qurollardan bolalar va ayollarga nisbatan foydalanmoqda
Dunyo
Isroil armiyasi G‘azo sektorida 65 ming tonnadan ortiq portlovchi modda ishlatgan.
Isroil armiyasi uch oy davomida G‘azo sektorida 65 ming tonnadan ortiq portlovchi moddadan foydalangan. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
“Bosqinchi davlat (Isroil) jangchilari G‘azo sektoriga qarshi keng qamrovli genotsid urushi davomida 45 mingdan ortiq raketa va bomba tashladi. Ulardan ba’zilari bir tonna og‘irlikda bo‘lgan va ishg‘olchi davlat ular bilan barcha turar-joylarni ataylab bombardimon qilgan”, deyiladi xabarda.
Isroil armiyasi G‘azo sektoriga hujumlarida og‘irligi 65 ming tonnadan ortiq bo‘lgan portlovchi moddalardan foydalangan. “Bu Yaponiyadagi Xirosimaga tashlangan uchta yadroviy bombaning og‘irligi va kuchidan ko‘proq”, deyiladi hisobotda.
Hisobotda Isroil samolyotlari tomonidan G'azo sektoriga tashlangan bomba va raketalarning taxminan uchdan ikki qismi boshqarilmagan yoki nosoz bo'lgani ta'kidlangan. “Bunday bombalardan foydalanish xalqaro huquq va turli xalqaro shartnomalarni ochiqdan-ochiq buzish hisoblanadi”, deya ta'kidladi hudud rasmiylari.
Qayd etilishicha, Isroil tinch aholi, bolalar va ayollarga qarshi xalqaro miqyosda taqiqlangan taxminan 9 turdagi bomba va raketalardan foydalanganini hujjatlashtirilgan.
G‘azo hukumati xalqaro hamjamiyat va tashkilotlarni “Isroilning tinch aholi, bolalar va ayollarga qarshi keng qamrovli genotsid urushini to‘xtatishga” chaqirdi.

Powered by Froala Editor