Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar boshlandi
Siyosat
Istanbulda Turkiya vositachiligida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralarning yangi bosqichi boshlandi.
Muzokaralarning rasmiy ochilishi 16-may kuni bo‘lib o‘tdi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan tomonlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qilib, "faqat Moskva va Kiyev halokatli mojaroni davom ettirish yoki tinchlik yo‘lini tanlash haqida qaror qabul qilishi mumkinligini" ta’kidladi.
Uchrashuv boshlanishidan oldin Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov Kiyevning avvalgi pozitsiyasini tasdiqladi: asosiy shart sulhdir.
OAV xabarlariga ko‘ra, muzokara mavzularidan biri Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning ehtimoliy shaxsiy uchrashuvi bo‘lishi mumkin, bu haqda avvalroq Ukrainaning g‘arbiy hamkorlari ham gapirgan edi.
AQSH prezidenti Donald Tramp ham Vladimir Putin bilan uchrashish niyatini tasdiqladi va bu "imkon qadar tezroq" amalga oshirilishini aytdi.

Powered by Froala Editor