Isroilning Eronga hujumi: ilk tahlillar va harbiy baholar

Siyosat

Isroil tomonidan Eronga uyushtirilgan yirik havo hujumi Eron havo mudofaa tizimidagi zaifliklarni ochiqladi. Isroil tomoni hujumga tayyorlanayotganini yashirmagan bo‘lsa-da, zarbalar kutilganidan samaraliroq bo‘ldi. O‘nlab harbiy obyektlar nishonga olingan, Isroil samolyotlari yo‘q qilinganiga oid xabarlar yo‘q.

Isroilning Eronga hujumi: ilk tahlillar va harbiy baholar
Tahlilchilarga ko‘ra, Isroilning bir qismi qanotli raketalar yordamida uzoq masofadan hujum qilgan bo‘lishi mumkin, bu esa Eronning PVO tizimini yana bir bor savol ostiga qo‘yadi. Ayniqsa, yuqori martabali harbiylar va yadroviy olimlarning halok bo‘lishi jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Reuters agentligining xabar berishicha, «Mossad» maxsus xizmatlari Eronda yashirin operatsiyalar o‘tkazgan. Ular PVO tizimlariga yaqin hududlarda yuqori aniqlikdagi qurollarni joylashtirib, Tehron yaqinida dron bazasini yaratgan.

Isroillik harbiy tahlilchi David Gendelman birinchi bosqichdagi muvaffaqiyatni kutilmaganlik va aniqlik bilan o‘tkazilgan razvedka ishlari bilan izohlaydi. Uning aytishicha, 200 dan ortiq samolyot 100 dan ortiq nishonni urgan. Operatsiya davom etmoqda va bir necha hafta davom etishi mumkin.

Vaziyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, bu hujum bir martalik emas — keng ko‘lamli harbiy kampaniyaning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Asosiy maqsad — Eronning mudofaa va javob qaytarish salohiyatini zaiflashtirish. Agar birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlansa, keyingi hujumlar yanada kuchliroq bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing