Prokurorlar umrbod qamoq va ming yillik jazolarni talab qilmoqda
Dunyo
Anqara va Tel-Aviv o‘rtasidagi huquqiy qarama-qarshilik yangi bosqichga ko‘tarildi: Turkiya prokuraturasi Isroil oliy rahbariyatiga nisbatan ayblov xulosasini Istanbul sudiga yubordi. 35 nafar ayblanuvchi uchun so‘ralayotgan umumiy qamoq muddati hayratlanarli 4 596 yilni tashkil etmoqda.
Ishning asosiy ishtirokchisi Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bo‘lib, u bilan birga Mudofaa vaziri Israel Kats va boshqa yuqori martabali shaxslar uchun prokurorlar umrbod qamoq jazosini talab qilmoqdalar. Ayblovlar ro‘yxatidan genotsid, G‘azo sektoridagi fuqarolik ob’ektlarini ommaviy bombardimon qilish, gumanitar yordamni to‘sib qo‘yish va insoniyatga qarshi jinoyatlar o‘rin olgan.
Tergov boshlanishiga 2025-yil oktyabr oyida sodir bo‘lgan “Global matonat flotiliyasi” bilan bog‘liq voqea sabab bo‘ldi. G‘azoga yordam yetkazmoqchi bo‘lgan faollar qo‘lga olinib, keyinchalik Turkiyaga deportatsiya qilingach, turk shifokorlari va tergovchilari shafqatsiz muomala va talonchilik faktlarini qayd etdilar. To‘plangan dalillar asosida Istanbuldagi 10-og‘ir jinoyatlar sudi nafaqat siyosatchilar, balki Isroil harbiy qo‘mondonligi, jumladan, Bosh shtab rahbari Eyal Zamir va Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni David Saar Salamaga nisbatan ishlarni ko‘rib chiqadi. Jarayonning sirtdan o‘tkazilishiga qaramay, ushbu qaror urush jinoyatlari uchun xalqaro sud amaliyotida jiddiy pretsedent yaratadi.

Powered by Froala Editor