Istanbul turkiy dunyoni birlashtiradi: yozgi forumga arizalar qabul qilinmoqda

Dunyo

Bu yoz Istanbul turkiy dunyoning kelajagini muhokama qilish maydoniga aylanadi: iyul oyida bu yerda turli mamlakatlardan olimlar, diplomatlar, media vakillari va yosh mutaxassislar ishtirok etadigan xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.

Istanbul turkiy dunyoni birlashtiradi: yozgi forumga arizalar qabul qilinmoqda
3-Turkiy dunyo yozgi forumi — «Turkiy dunyoning kelajagi» — 2026-yil 6–15 iyul kunlari Istanbulda o‘tkaziladi. Tadbir Ibn Xaldun universiteti mezbonligida tashkil etilib, akademiklar, davlat vakillari, diplomatlar, OAV xodimlari va yosh mutaxassislarni bir maydonga jamlaydi.

Forum turli sohalarni qamrab olgan muhokamalar va turkiy hudud rivojiga oid amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan.

O‘qituvchilar va ma’ruzachilar uchun arizalar 2026-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi, muddat 1-martgacha uzaytirilgan. Ishtirokchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish 15-aprelgacha ochiq bo‘lib, bu muddat ham 1-may 2026-yilgacha uzaytirilgan.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun:

turkicworld@ihu.edu.tr
avrasya.ihu.edu.tr

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing