Italiyada “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi ochilmoqda
Dunyo
2024-yilning 16–17-aprel kunlari Italiyada “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining matbuot xizmati ma’lum qildi.
“O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi Italiya va jahon jamoatchiligiga XX asr birinchi yarmi san’ati tarixining muhim, ammo u qadar ma’lum bo‘lmagan bobini taqdim etadi.
U ikkita bo‘limdan iborat bo‘lib, ikkita maskan: Venetsiyadagi Ka Foskari universiteti ko‘rgazma maydonida “Shakl va ramz” va Florensiyaning Pitti saroyida “Nur va rang” nomi bilan o‘tkaziladi.
Loyiha Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi koʻmagida yaratilgan boʻlib, unga Ka Foskari universiteti huzuridagi Rus sanʼati tadqiqotlari markazi (CSAR)dan Silvia Burini va Juzeppe Barbieri kuratorlik qiladilar.
Ko‘rgazmalarda XX asrning birinchi yarmida yaratilgan 172 tadan ortiq rangtasvir asarlari va suratlar, shuningdek, Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi va O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan milliy bezak va amaliy san’at buyumlari namoyish etiladi.
“O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasining “Nur va rang” bo‘limi 2024-yil 16-apreldan 30-iyungacha Florensiyadagi Pitti saroyida ochiladi.
“Shakl va ramz” loyihasi 17-apreldan 29-sentabrgacha Venetsiyadagi Ka Foskari universitetining koʻrgazma maydonida muxlislar uchun muntazir.

Powered by Froala Editor