Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahri hokimi bo‘ldi
O'zbekiston
Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Jamoliddin Xodjimanov Guliston shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Jamoliddin Xodjimanov 1987-yilda Sardoba tumanida tug‘ilgan. 2011-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida moliya va iqtisodiyot sohalarida turli tashkilotlarda mas’ul vazifalarda ishlagan. Tayinlovga qadar poytaxtning Chilonzor tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning fevralidan buyon Guliston shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan To‘lqinjon Dadabayev fevral oyi boshlarida sog‘ligidagi muammolar sabab, o‘z arizasiga binoan, lavozimdan ozod etilgan.

Powered by Froala Editor