Janubiy Koreya Shimoliy Koreya harbiy asirlarining topshirilgani yuzasidan Ukrainadagi elchisini chaqirib oladi
Dunyo
Janubiy Koreya Kiyev tomonidan Seulga topshirilgan Shimoliy Koreyaning ikki harbiy asiri haqidagi ma’lumot oshkor qilinganidan keyin yuzaga kelgan diplomatik mojaro fonida Ukrainadagi elchisini chaqirib olishga qaror qildi. Bu haqda 8-oktabr kuni Yonhap Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi mavjud kelishmovchiliklar bartaraf etilishiga umid bildirgan va Ukraina tomoni bilan maslahatlashuvlarni davom ettirishini ma’lum qilgan. Ukrainadagi elchi Pak Xi Chxanning Seulga qaytish muddati hozircha aniqlashtirilmagan.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga Rossiya tomonida jangovar harakatlarda qatnashgan Shimoliy Koreyaning ikki harbiy xizmatchisi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘ldi. 24-sentabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining umumiy munozaralaridagi nutqida Ukraina yaqinda Shimoliy Koreyaning ikki harbiy asirini Koreya Respublikasiga topshirganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti rasmiy saytida ham ushbu ma’lumot BMT Bosh Assambleyasidagi nutq vaqtida aytilgani tasdiqlangan.
Seulning ta’kidlashicha, tomonlar harbiy asirlarning Janubiy Koreyaga topshirilgani haqidagi ma’lumotni maxfiy saqlash bo‘yicha kelishuvga ega bo‘lgan. Janubiy Koreya tomoni bunday maxfiylik harbiy xizmatchilarning o‘zi va Shimoliy Koreyada qolayotgan ularning qarindoshlari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lganini bildirgan.
Ma’lumot oshkor qilinganidan so‘ng Seul Ukrainadan rasmiy tushuntirish va uzr so‘radi. 28-sentabr kuni Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainanning Seuldagi muvaqqat elchisi Andriy Veshkinni chaqirib, vaziyat yuzasidan jiddiy noroziligini bildirdi.
6-oktabr kuni Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Xyon ukrainalik hamkasbi Andriy Sibigadan uzr so‘ralgan xabar olganini, biroq bu Seul kutgan darajaga javob bermaganini aytdi. Vazirning ta’kidlashicha, hukumat elchini chaqirib olish ehtimolini ham o‘z ichiga olgan «qat’iy choralar»ni ko‘rib chiqayotgan edi.
8-oktabr kuni Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Pak Xi Chxanni Seulga chaqirib olish to‘g‘risidagi qarorni rasman e’lon qildi. Vazirlik ikki davlat o‘rtasidagi barcha masalalar tinch yo‘l bilan hal etilishiga umid bildirdi va Ukraina tomoni bilan muzokaralarni davom ettirishini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor