Janubiy Koreya: Vaziyat jiddiy prezident Yun Seok Yeolni "taxtidan qulatmoqchi"

Dunyo

Janubiy Koreyada siyosiy inqiroz chuqurlashib, prezident Yun Seok Yeolga qarshi impichment jarayoni boshlandi. Mamlakatning olti asosiy muxolifat partiyasi, jumladan, Koreya Demokratik partiyasi, Yangi Islohotlar partiyasi va Progressiv partiya, Yunni impichment qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Milliy Assambleyaga taqdim etdi.

Janubiy Koreya: Vaziyat jiddiy prezident Yun Seok Yeolni "taxtidan qulatmoqchi"
Ushbu tashabbus 3-dekabr kuni prezident tomonidan mamlakatda favqulodda harbiy holat e’lon qilingani va keyinchalik bekor qilinishi bilan bog‘liq, bu haqida Yonhap News xabar bermoqda.

4-dekabr kuni muxolifatga mansub 191 deputat prezident Yun Seok Yeolga qarshi impichment e’lon qilish taklifini qonunchilik bo‘limiga taqdim etdi. Muxolifat faqat prezidentni emas, balki mudofaa va ichki ishlar vazirlarini ham vatanga xiyonatda ayblab, ularning iste’fosini talab qilmoqda. Partiyalar prezidentning harbiy holat joriy etishini Konstitutsiyaning buzilishi va "jiddiy isyon harakati" deb atashdi.

Demokratik partiya impichment loyihasini 5-dekabr kuni yalpi majlisda rasman e’lon qilmoqchi, ovoz berish esa 6 yoki 7-dekabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Agar impichment ovoz berishdan o‘tsa, Yun Janubiy Koreya tarixida parlament tomonidan lavozimidan chetlatilgan ikkinchi prezident bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing