Janubiy Koreya yana prezidentini haydadi
Siyosat
Bugun, 27-dekabr kuni mamlakat Milliy Assambleyasi (parlament)ning 300 nafar deputatidan 192 nafari impichment (ishonchsizlik) uchun ovoz berdi. Hukmron partiya deputatlari ovoz berishdan bosh tortdi.
Prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su muxolif partiya vakillari tomonidan bildirilgan Konstitutsiyaviy sudning bo‘shab qolgan o‘rinlariga uch nafar sudyani tayinlash haqidagi talabini rad qildi.
Shu sababli Xan Dok Suga nisbatan impichment e'lon qilindi. Ushbu sudyalar amaldagi prezident Yun Sok Yolga nisbatan e'lon qilingan impichmentni tasdiqlashi kerak edi.
Endilikda Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Sang-mo konstitutsiyaga muvofiq prezident vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritadi.
Ma'lumot uchun, joriy yilning 14-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan prezident Yun Sok Yolga ham impichment e'lon qilingan edi.

Powered by Froala Editor