Janubiy Koreyada 30 yil ichida yoshlar soni ikki baravar kamayadi
Mamlakatda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti – bir ayolning umri davomida tug‘adigan o‘rtacha bolalar soni 2023-yilda 0,7 ga yaqin rekord darajaga tushgan.
Janubiy Koreya Statistika agentligi 27-noyabr kuni maʼlum qilishicha, janubiy koreyalik yoshlar soni 30 yil ichida tez qarish tendentsiyasi va rekord darajada past tugʻilish sharoitida ikki baravar qisqarishi tahmin qilinmoqda. 2020-yilda 19-34 yoshdagilar soni 10,21 million kishiga yetgan bo‘lsa, 2050-yilda bu ko‘rsatkich 5,21 millionga kamayishi mumkin.
Mamlakatda yosh aholining ulushi 2020-yilda 20,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2050-yilda bu ko‘rsatkich 11 foizga tushishi kutilmoqda.
So‘nggi o‘n yilliklarda yoshlar soni kamayib, 1990-yilda 13,85 milliondan, umumiy ko‘rsatkichning 31,9 foizi, 2000-yilda 12,88 millionga, 2010-yilda 10,97 millionga va 2020-yilda 10,21 million kishiga tushgan.
Qayd etilishicha, so'nggi o'n yilliklarda yosh guruhidagi turmush qurmaganlar soni o'sgan. 2020-yilda 7,84 million yoshlar turmush qurmagan bo‘lib, bu yosh guruhidagi umumiy aholining 81,5 foizini tashkil qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu ulush 2000-yilda 54,5 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2010-yilda 68,9 foizga o'sgan.
Janubiy Koreyada iqtisodiy faol yosh ayollar soni keskin o'sgan, ayol ishchilar ko'rsatkichi 2000-yildagi 42,3 foizdan 2020-yilda 61,1 foizga ko'tarilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2020-yilda erkaklarning 63,9 foizi ish joyiga ega bo'lgan bo'lsa, 20 yil oldin bu ko'rsatkich 66 foizga teng bo'lgan.
Mamlakatda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti – bir ayolning umri davomida tug‘adigan o‘rtacha bolalar soni 2023-yilda 0,7 ga yaqin rekord darajaga tushgan.
Mamlakatda yosh aholining ulushi 2020-yilda 20,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2050-yilda bu ko‘rsatkich 11 foizga tushishi kutilmoqda.
So‘nggi o‘n yilliklarda yoshlar soni kamayib, 1990-yilda 13,85 milliondan, umumiy ko‘rsatkichning 31,9 foizi, 2000-yilda 12,88 millionga, 2010-yilda 10,97 millionga va 2020-yilda 10,21 million kishiga tushgan.
Qayd etilishicha, so'nggi o'n yilliklarda yosh guruhidagi turmush qurmaganlar soni o'sgan. 2020-yilda 7,84 million yoshlar turmush qurmagan bo‘lib, bu yosh guruhidagi umumiy aholining 81,5 foizini tashkil qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu ulush 2000-yilda 54,5 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2010-yilda 68,9 foizga o'sgan.
Janubiy Koreyada iqtisodiy faol yosh ayollar soni keskin o'sgan, ayol ishchilar ko'rsatkichi 2000-yildagi 42,3 foizdan 2020-yilda 61,1 foizga ko'tarilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, 2020-yilda erkaklarning 63,9 foizi ish joyiga ega bo'lgan bo'lsa, 20 yil oldin bu ko'rsatkich 66 foizga teng bo'lgan.
Mamlakatda tug‘ilishning umumiy koeffitsienti – bir ayolning umri davomida tug‘adigan o‘rtacha bolalar soni 2023-yilda 0,7 ga yaqin rekord darajaga tushgan.
Powered by Froala Editor