Janubiy Koreyada lavozimidan chetlatilgan Prezident Yun hibsga olindi
Dunyo
Bugun, 15-yanvar kuni Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol qarorgohida hibsga olindi. Hibsga olish jarayonida Yunning shaxsiy qo‘riqchilari kuchli qarshilik ko‘rsatgan. Bir necha soatlik urunushlardan keyin lavozimidan chetlatilgan Prezident taslim bo’lgan. Bu haqida xalqaro axborot agentliklari xabar bermoqda.
Yun Sok Yol buni "qonun ustuvorligining to‘liq izdan chiqishi" deb atadi. AP agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Yun qonuniy tergovga bo‘ysunmayotganlikda gumon qilingan. Prezident qo‘shimcha ravishda tergovga kelishga rozi bo‘lgani, shu orqali qon to‘kilishining oldini olishga harakat qilganini bildirdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Yunning yashash joyida uni hibsga olish uchun uch mingdan ortiq politsiyachi safarbar etilgan. Prezident tarafdorlari va partiyadoshlari ham uning qarorgohi oldiga to‘plangan.
Yunning advokatlari 15-yanvar kuni Korruptsiya va yuqori lavozimli mansabdorlar ishlari bo‘yicha tergov boshqarmasi (CIO) tomonidan so‘roq qilinishini tasdiqladi. Shu bilan birga, prezident bu tergovni noqonuniy deb hisoblashini aytgan.
Mamlakatdagi yirik muxolif partiya — "Toburo" Demokratik partiyasi — Yunning hibsga olinishini "demokratiya va qonun ustuvorligini tiklash yo‘lidagi birinchi qadam" sifatida baholadi.
31-dekabr kuni Seulning G‘arbiy okrug sudi CIOga Yunni hibsga olish uchun order taqdim etgan. Bu Janubiy Koreya tarixida amaldagi davlat rahbariga hibsga olish orderi berilgan birinchi holat bo‘ldi. Yunning qarshi qo‘zg‘olon uyushtirish va vakolatlarini suiiste’mol qilish bo‘yicha ayblovlar ilgari surilgan.
Yun Sok Yol 3-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan, bu esa siyosiy muxoliflarni bostirishga qaratilgan edi. Ushbu qaror jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. 14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti prezidentni lavozimidan chetlatishga ovoz berdi.
Prezident vazifasini dastlab bosh vazir Xan Dok Su bajarib turgan, ammo u ham 27-dekabr kuni lavozimidan chetlatilgan. Hozirda prezident vazifasini iqtisod va moliya vaziri Chxve San Mok bajarib kelmoqda. U siyosiy barqarorlikni tiklashni o‘zining asosiy vazifasi sifatida belgiladi.

Powered by Froala Editor