JCH-2026 qur’a tashlash marosimi Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi
Sport
2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichi qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5-dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) bo‘lib o‘tadi.
Mazkur marosim dunyodagi eng yirik shar shaklidagi inshoot — “Sphere Hall”da tashkil etiladi. Ushbu muhtasham majmua 17 500 nafar tomoshabinni sig‘dira oladi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi mundial ilk bor uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 2026-yil 11-iyun — 19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. 48 ta ishtirokchi terma jamoaning 13 tasi allaqachon aniqlangan, qolgan 35 ta yo‘llanma uchun qit’a saralash bosqichlari davom etmoqda.
Las-Vegasdagi qur’a marosimi Jahon chempionatining rasmiy starti sifatida e’tirof etiladi va unda jamoalar guruhlarga ajratiladi.

Powered by Froala Editor