JCH. O‘zbekiston Gvatemalani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi

Sport

Argentinada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-tur o‘yinlarida O‘zbekiston Gvatemalani 2:0 hisobida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi.

JCH. O‘zbekiston Gvatemalani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi
“A” guruhida O‘zbekiston Shahzod Ne’matjonovning dubli evaziga Gvatemaladan ustun keldi. Terma jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra 2-o‘rin bilan 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Argentina uchinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi — mezbonlar Yangi Zelandiyani tor-mor etdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi keyingi bosqichda yaʼni 30-may kuni “С” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing