Jeff Bezos “Amazon”ning 24 million aksiyasini 4 milliard dollarga sotdi

Biznes

Avvalroq kompaniya o'z asoschisining 2025-yil yanvar oyi oxiriga qadar 50 milliongacha aksiyalarni sotish niyatini e'lon qilgan edi.

Jeff Bezos “Amazon”ning 24 million aksiyasini 4 milliard dollarga sotdi
AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga (SEC) taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, “Amazon” asoschisi Jeff Bezos kompaniyaning yana 2 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan. 9-fevraldan 12-fevralgacha u “Amazon”ning deyarli 12 million aksiyasini 171 dollardan qariyb 174,8 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotgan. Shu tariqa, o‘tgan haftada umumiy savdo hajmi 4,12 milliard dollarni tashkil etdi. “Amazon” izoh berishdan bosh tortdi.

Bezos 2021-yilda “Amazon” rahbari lavozimini tark etdi, ammo rais va kompaniyaning eng yirik aksiyadori bo‘lib qolmoqda. Oxirgi sotuvlardan so'ng u hali ham kompaniyaning 9% ga yaqin aksiyalariga ega. Avvalroq “Amazon” milliarderning 2025-yil yanvar oyi oxiriga qadar 50 milliongacha aksiyalarni sotish rejalarini e'lon qilgan edi.

Bu sotuvlar ikki yildan ko'proq vaqt ichida birinchi bo'ldi. “Amazon” 1997-yilda birjaga chiqqanidan beri Bezos 32 milliard dollarlik aksiyalarni sotdi va yana 4,7 milliard dollar xayriya qildi. 2023-yilning may oyida u “Amazon”ning bitta aksiyasini 114,77 dollarga sotib oldi, bu uning so'nggi 20 yil ichida kompaniyadagi ulushining birinchi o'sishi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing