Jeff Bezos dunyoning eng boy odami sifatida Ilon Maskni ortda qoldirdi

Biznes

Tesla Inc. aksiyalari dushanba kuni yana pasaydi va Ilon Maskni dunyoning eng boy odami unvonidan mahrum qildi.

Jeff Bezos dunyoning eng boy odami sifatida Ilon Maskni ortda qoldirdi
Amazon asoschisi Jeff Bezos 4-fevral kuni Tesla rahbarini 2021-yil oxiridan beri birinchi marta Bloomberg milliarderlar indeksida birinchi o‘rindan tushirdi.

Bloomberg indeksiga ko'ra, Bezosning dushanba kuni umumiy boyligi $200 milliardni, Maskning boyligi $198 milliardni va Arnoning boyligi $197 milliardni tashkil etdi. Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, Maskning boyligi bir yilda $31 milliardga qisqargan, Bezosniki esa $23,4 milliardga oshgan.

Bezos o‘tgan oyda Amazonning 50 millionga yaqin aksiyasini, taxminan $8 milliardga sotganiga qaramay, birinchi o‘ringa qaytdi. U hali ham texnologik gigantning taxminan 9% ga egalik qiladi. Amazon (AMZN) aksiyalari yil davomida taxminan 17% ga oshdi.

Tesla aksiyalari dushanba kuni elektromobil ishlab chiqaruvchisi Маsk AQSh va Xitoyda yangi chegirmalar va narxlarni pasaytirganidan keyin 7% dan ko‘proqqa tushib ketdi.

Keyingi o‘rinda fransiyalik Arno turibdi, uning boyligi bu yil, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, $18 milliardga oshgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing