58 yoshli Mayk Tayson Jeyk Poldan mag‘lub bo‘ldi
Sport
Bugun, 16-noyabr kuni Arlingtonda amerikalik videobloger Jeyk Pol va boks afsonasi, 58 yoshli Mayk Tayson o‘rtasida kutilgan jang bo‘lib o‘tdi. Ko‘plab muxlislarni o‘ziga jalb qilgan mazkur jangda g‘olib Jeyk Pol bo‘ldi.
Jang ikki daqiqadan iborat sakkiz raund davom etdi. Natijada Jeyk Pol o‘z faoliyatidagi 11-g‘alabasini tantana qildi, Mayk Tayson esa professional ringda 7-mag‘lubiyatini qabul qildi. Bu jang Tayson uchun 19 yillik tanaffusdan keyingi ilk professional kurashi edi.
Aslida jang yoz oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo Taysonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab jang noyabrga ko‘chirildi. Shunga qaramay, boks kechasi millionlab tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga jalb qildi.
Jeyk Polning Tayson ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat boks ixlosmandlari, balki sport olamida ham keng muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor