JSST Bosh kotibi: Har 15 kishiga bitta shisha suv qolgan
Dunyo
Isroil harbiylari 1-aprel kuni G'azoning eng yirik "Shifa" kasalxonasiga ikkinchi halokatli hujumdan so'ng chekinib, uni vayronaga aylantirdilar, kasalxona devorlari vayron bo'ldi va romlari qorayib ketdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus yakshanba kuni qamal boshlanganidan beri kasalxonada 21 bemor vafot etganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonada 107 nafar bemor qolmoqda, ular orasida yosh bolalar va kattalar ham og‘ir ahvolda.
"Kechadan beri har 15 kishiga faqat bitta shisha suv to'g'ri kelmoqda. O'ta antisanitariya sharoitlari va suv tanqisligi dastidan yuqumli kasalliklar tarqalmoqda",— deb yozdi u X ijtimoiy tarmog'ida.
G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi va Qatarning "Al-Jazira" media tarmog'i xabarlariga ko'ra, Isroil qo'shinlari tomonidan hibsga olingan va shafqatsiz munosabatda bo'lganlar orasida tibbiyot xodimlari va jurnalistlar ham bor.
Al-Jazira bayonotida aytilishicha, bir guruh muxbirlarning qo‘llari kishanlangan, ko‘zlari bog‘langan va 12 soat davomada kiyimsiz qoldirilgan.
HAMAS jangarilari 7-oktyabrda Isroil janubiga bostirib kirganidan beri Isroil “Shifa” kasalxonasini G'azoga qarshi hujumining markaziy qismiga aylantirdi.

Powered by Froala Editor