JSST G'azodagi tibbiyot muassasalariga 137 ta hujumni qayd etdi
Dunyo
Huquq faollari 7-oktabr kuni Falastin-Isroil mojarosi avj ola boshlaganidan beri G‘azo sektoridagi tibbiyot muassasalariga kamida 137 ta hujumni hujjatlashtirgan. Bu haqda JSST, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi va UNICEFning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.
"So'nggi 36 kun ichida JSST G'azo sektoridagi sog'liqni saqlash muassasalariga kamida 137 ta hujumni hujjatlashtirdi. 521 kishi halok bo'ldi va 686 kishi jarohat oldi, jumladan, 16 tibbiyot xodimi xizmat vaqtida jon berdi va 38 nafari jarohat oldi", deyiladi tashkilotlar bayonotida.
Bayonotda Al-Shifa va Al-Quds shifoxonalariga, shuningdek, Al-Rantisi bolalar shifoxonasiga qilingan hujumlar tilga olingan. Tashkilotlarning ma'lumotlariga ko'ra, G'azo sektoridagi shifoxonalarning yarmidan ko'pi yopilgan va ishlayotgan obyektlar juda katta bosim ostida va faqat shoshilinch yordam ko'rsatishi mumkin, xususan, hayotni saqlab qoluvchi operatsiyalar va intensiv terapiya.

Powered by Froala Editor