Kam ta’minlangan oilalar biznes uchun foizsiz ssudalar olishlari mumkin
Biznes
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi ga o‘zgartirishlar kiritiladi. Endilikda subsidiyalar o‘rniga biznesni boshlash uchun foizsiz ssudalar beriladi. Bu haqida prezidentning aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi qarorida belgilandi.
Prezident qaroriga ko‘ra, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va "Kam ta’minlangan oilalar reyestri"ga kiritilgan fuqarolarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yangi formatda amalga oshiriladi. Endi biznesni yo‘lga qo‘yish uchun zarur asbob-uskunalar xarid qilishga ko‘p hollarda talab etilmay yoki samarasiz foydalanib kelingan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssudalar ajratiladi.
Bunda aholiga ma’qul kelmagan yoki bir-birini takrorlagan subsidiyalar bekor qilinadi yoki birlashtiriladi.
Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, tadbirkorlik va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun grantlar va foizsiz ssudalar ajratiladi.
Yana bir muhim o‘zgarish - 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha moliyaviy nafaqalar naqd pulda emas, balki ijtimoiy kartalar orqali o‘tkaziladi.
Yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligini nazorat qilishni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi maxsus boshqarma o‘z zimmasiga oladi, u 2025-yil 20-martgacha ish boshlaydi.

Powered by Froala Editor