Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosati takomillashtiriladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasidagi siyosatni kuchaytirishga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosati takomillashtiriladi
Qarorga muvofiq, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi endi mehnat bozorini chuqur tahlil qilish, ishsiz aholini manzilli aniqlash va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishga asosiy e'tiborni qaratadi. Bundan tashqari, hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish ham vazirlik zimmasiga yuklatildi.

Shuningdek, 2025-yilga qadar 50 ta tuman va 2026-yilda qolgan tumanlarda sanoatlashgan qishloq xo‘jaligi plantatsiyalari va uzumzorlar tashkil etiladi. Ushbu plantatsiyalar yuqori daromadli va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar yetishtirishni ko‘zda tutadi.

Mazkur qaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va bandlikni ta’minlash orqali aholining farovonligini oshirishga qaratilgan samarali qadam sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing