Kanada bosh vaziri Hindistonni xalqaro huquqni buzganlikda aybladi
Dunyo
Hindiston hukumatining 41 nafar kanadalik diplomatni chiqarib yuborishi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining buzilishi hisoblanadi. Bu haqda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-Dehlining harakatlari Hindiston va Kanadadagi millionlab odamlarning hayotini nihoyatda qiyinlashtiradi.
“Hindiston hukumatining shu haftadagi qadamlari xalqaro huquqqa ziddir. Bu Vena konvensiyasining buzilishi hisoblanadi. Bunday qaror diplomatik dunyo uchun ulkan oqibatlarga olib kelishi mumkin”, dedi u.
Ma‘lum qilinishicha, Kanadaning 41 nafar diplomati qotillik mojarosi tufayli Hindistonni tark etishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, diplomatik korpusning qisqarishi munosabati bilan elchixona Hindistondagi xizmatlarini qisqartiradi.

Powered by Froala Editor