Kanada Ukrainaga energetika va havo mudofaasiga C$1 mlrd.dan ortiq mablag‘ ajratadi
Dunyo
Kanada Ukrainaga yangi ko‘mak paketini e’lon qildi. U Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki orqali tabiiy gazni shoshilinch xarid qilish va isitish mavsumi oldidan zaxiralarni shakllantirish uchun C$757 mln kafolatlarni, shuningdek, Ukraina havo mudofaasi uchun muhim raketa-tutqichlarni xarid qilishga C$350 mln mablag‘ni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shimcha choralar 10-sentabr kuni Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyning Kanadaga tashrifi va Bosh vazir Mark Karni bilan uchrashuvi doirasida e’lon qilindi.
Kanada Ukraina Energetikani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yana C$10 mln ajratadi va umumiy hissasini C$100 mln.ga yetkazadi. Export Development Canada esa gidroenergetika, shikastlangan obyektlarni tiklash va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi ustuvor loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun C$200 mln imtiyozli savdo moliyalashtirishini taqdim etadi.
Ottava, shuningdek, Kanadadan Ukrainaga uzoq muddatli suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni, jumladan uran yetkazib berish va uni konversiya qilish xizmatlarini kengaytirish, shuningdek, Kanada xususiy sektorini Ukraina energetikasini tiklash jarayoniga jalb etishga kelishib oldi.
Bundan tashqari, Kanada va Ukraina havo mudofaasi uchun C$350 mlnlik muhim raketa-tutqichlar paketiga kelishdi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, xaridlar AQShning uchinchi davlatlarga yetkazib berish dasturi orqali amalga oshiriladi.
Tashrif davomida Zelenskiy va Karni 100 yillik hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Hujjat ikki davlat munosabatlarini har tomonlama strategik sheriklik darajasiga olib chiqish niyatini belgilaydi. Tomonlar mudofaa innovatsiyalari, iqtisodiy o‘sish va tiklanishning uch yo‘nalishiga asoslangan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim ustida ishlashga ham kelishib oldi.

Powered by Froala Editor