Karpatlarda ilk bor “Karpat sakkizligi” sammiti boshlandi

Dunyo

Ukraina yangi mintaqaviy hamkorlik formati — “Karpat sakkizligi” (C8)ni ishga tushirdi. Birinchi sammit Karpatlarda Ukraina, Ruminiya, Serbiya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Avstriya, Vengriya va Yevropa Ittifoqi ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Karpatlarda ilk bor “Karpat sakkizligi” sammiti boshlandi
Tashabbusni Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy C8 formatidagi ilk sammit ochilishida e’lon qildi. Yangi format Karpat mintaqasidagi sakkiz davlatni hamda YI institutlarini birlashtiradi va mintaqaviy hamkorlik uchun qo‘shimcha maydon yaratishni ko‘zda tutadi.

Kun tartibidan xavfsizlik, energetika, logistika imkoniyatlarini kengaytirish, transchegaraviy iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rin olgan. Tashkilotchilar C8ni siyosiy muloqot, iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalar va transchegaraviy hamkorlik uchun platforma sifatida ko‘rmoqda.

Sammit 18–20-sentabr kunlari Ivano-Frankivsk viloyatining Bukovel hududida bo‘lib o‘tmoqda. Dasturda mintaqa davlatlari, YI institutlari, biznes vakillari va investorlar ishtirokidagi uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.

Yangi format umumiy Karpat geografiyasi bilan bog‘langan davlatlar o‘rtasidagi mintaqaviy tashabbuslar va amaliy hamkorlikni birlashtirishga qaratilgan. Belgilangan ustuvor yo‘nalishlar qatoriga xavfsizlikni mustahkamlash, energetika va logistika aloqalarini rivojlantirish, transchegaraviy iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash kiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing