O'zbekistonlik shaxmatchi Afruza Xamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi
Sport
Braziliyada bo'lib o'tayotgan FIDE U-16 jahon chempionatida o'zbekistonlik Afruza Xamdamova muddatidan oldin g'alaba qozondi. Bu haqda Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Xamdamova 10 ta o'yinda 9,5 ochko to'plab, 9 ta g'alaba va bitta durangga erishdi. Bu bilan u yoshlar o'rtasida yana bir jahon chempionligi unvonini qo'lga kiritdi.
2023 yilda ham Xamdamova 14 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida jahon chempioni bo'lgan edi. Shu tariqa u O'zbekistondan birinchi bo'lib jahon unvonini qo'lga kiritgan shaxmatchi sifatida tarixga kirgan.

Powered by Froala Editor