Кeldiyorovaning g‘alabasi yil voqeasi sifatida e’tirof etildi

Sport

Parijdagi "Katta dubulg‘a" turniri doirasida o‘tkazilgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) marosimida o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorovaning g‘alabasi jahon miqyosida e’tirof etildi. Uning ikki karra Olimpiya chempioni va jahon chempioni Uta Abe ustidan qozonilgan g‘alabasi 2024 yilgi Olimpiadada "Yil voqeasi" deb topildi.

Кeldiyorovaning g‘alabasi yil voqeasi sifatida e’tirof etildi
Keldiyorovaning bu tarixiy muvaffaqiyati nafaqat O‘zbekistonning faxri, balki o‘tgan mavsumda dzyudo olamidagi eng yorqin lahzalardan biriga aylandi.

Bundan tashqari, uning ustozi Marko Shpitka "Ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasida mukofotga sazovor bo‘lgani o‘zbek dzyudosining jahon maydonidagi rivojiga qo‘shgan hissasini tasdiqlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing