Keyingi o‘quv yilidan abituriyentlar avval test topshirib, keyin OTM tanlaydi

O'zbekiston

Prezident qaroriga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab OTMga kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi.

Keyingi o‘quv yilidan abituriyentlar avval test topshirib, keyin OTM tanlaydi
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarorida keltirilgan.

Qayd etilishicha, umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Yuqori salohiyatli akademik litseylar o‘quv dasturlari xalqaro dasturlar (“International Advanced Levels”, “International Baccalaureate”) asosida ishlab chiqiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing