Kim Chen In ayollarini ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda beshinchi bor o‘tkazilayotgan onalar yig‘inida so‘zga chiqib, tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasayib borayotganidan xavotirda ekanligini aytdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar bermoqda.
Kim Chen In buni yoshlar o‘rtasidagi "antisotsialistik xulq-atvor muammosi" bilan bog‘ladi va u ayollarni "partiya, inqilob va mamlakat" uchun ko‘proq bola ko‘rishga chaqirdi.
KXDR yetakchisi o‘z nutqida ko‘p farzandni dunyoga keltirgan, yetim bolalarni parvarish qilayotganlar, Pxenyan va viloyat ayollar kasaba uyushmalari vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Agentlikning qayd etishicha, yig‘ilganlar “mehr va eʼtiqodga toʻla mehribon otaning murojaatini ko‘zda yosh bilan tinglagan".
KXDR yetakchisi tug‘ilish muammosiga birinchi marta e’tibor qaratayotgani yo‘q. U 2021-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan “Onalar ittifoqi” konferensiyasida ham shu mavzuda so‘z ochgan edi.
Shimoliy Koreyada mazkur konferensiya so‘nggi bor 2012-yilning noyabrida o‘tkazilgan. Kim Chen In unda ishtirok etmagan, faqat tadbir yakunida birga suratga tushish bilan cheklangan.

Powered by Froala Editor