Kir Starmerning uyi oldida yong‘in yuz berdi
Dunyo
Londonda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning uyida tungi yong‘in bo‘yicha tergov boshlandi. Voqea mahalliy vaqt bilan 13-may kuni soat 01:00 atrofida sodir bo‘lgan. London o‘t o‘chirish xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in katta bo‘lmagan va yarim soat ichida ikkita o‘t o‘chirish ekipaji tomonidan o‘chirilgan.
Kentish Town hududida joylashgan uy Starmerga tegishli bo‘lib, u saylanishidan oldin oilaviy turar-joy sifatida foydalanilgan. 2024-yil iyul oyidan beri hukumat rahbari bo‘lgan bosh vazir Dauning-stritda yashab, bu uyni ijaraga bergan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan, biroq kirish eshigi shikastlangani qayd etilgan.
London politsiyasi hodisani shubhali deb hisoblamoqda. Tergovga terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari jalb qilingan. Voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda, hudud o‘rab olingan.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili ham bu uyning yonida aksiyalar bo‘lib o‘tgan - Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi uch nafar faollar qizil qo‘l izlari tushirilgan bannerni osib qo‘yganidan keyin hibsga olingan.
Bosh vazir matbuot kotibi Deyv Pares favqulodda xizmatlarga tezkor ish uchun minnatdorchilik bildirib, tergov davom etayotganini va qo‘shimcha izoh berilmasligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor